Sanksiyalar bilan bo‘g‘ilgan Rossiya iqtisodini qutqarishga qancha vaqt ketishi aytildi

Olam

image

Rossiyaga qarshi sanksiyalar hozirgi darajasida saqlab qolinsa, mamlakat iqtisodini qayta qurish uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin ma’lum qildi.

“Albatta, iqtisodiyotimizni qayta qurishga to‘g‘ri keladi, menimcha, biz o‘rta va uzoq muddatli istiqbolni ajratishimiz kerak. Agar sanksiyalar hozirgi darajasida qolsa, buning uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Aytish joizki, bu birinchi bosqich, keyin ko‘p yillar davomida qayta qurishga to‘g‘ri keladi, chunki gap bir qator import qilinuvchi tovarlar o‘rnini bosish haqida ketmoqda”, dedi u.

Kudrin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xorijiy kompaniyalarni mamlakat bozoriga qaytarish tartibiga to‘sqinlik qiladigan choralar ko‘rilmasligiga umid bildirdi.

Avvalroq Kudrin 2022 yil oxirigacha Rossiya yalpi ichki mahsuloti 10 foizdan ko‘proq pasayadi, inflyatsiya esa 20 foizga yetishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

612

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing