Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikni otib ketgan yollanma qotil ushlandi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yollanma qotil O‘zbekiston fuqarosining boshiga “Makarov” to‘pponchasi bilan o‘q uzib, yashiringani haqida xabar bergandik.

Shundan so‘ng, 22 fevral kuni jabrlanuvchi shifoxonada, olgan tan jarohati tufayli vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30 va 105-moddalari (qotillikka urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahri bo‘yicha bosh boshqarmasining xabar berishicha,  tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qotillikka aloqador shaxslar qo‘lga olindi.

Gap shundaki, o‘sha paytda O‘zbekiston fuqarosining boshqaruvida bo‘lgan Toyota Camry rusumli avtomobil egasi asli rossiyalik 58 yoshli advokat bo‘lib, u bir muddat oldin 51 yoshli biznesmen bilan janjallashib qolgan. Tadbirkor esa avval ham bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan 50 yoshli erkakni  5 million rubl evaziga advokatni o‘ldirish uchun yollagan. Biroq, yollanma qotil adashib, advokatni emas, uning shaxsiy haydovchisini nishonga olgan.

Ayni paytda qotillikda gumon qilinayotgan shaxs hamda "buyurtmachi" tegishli tartibda ushlanib, tergov organlariga topshirilgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik otib ketildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing