Sankt-Peterburgda otib ketilgan o‘zbekistonlik shifoxonada vafot etdi
3-sahifa
−
23 fevral
11975Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi otib ketilgani xabar qilingandi. Endilikda u shifoxonada jon bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 22 fevral kuni tushga yaqin rossiyalik advokat Viktor Patrushevning haydovchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 42 yoshli Rustambek Aldayev Yelizavetinskaya shifoxonasida vafot etgan.
“Endilikda qotillikka suiqasd bo‘yicha jinoiy ish qayta toifaga kiritiladi, tergov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi 3-bandi “Yollangan qotillik” bo‘yicha davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 20 fevral kuni tushdan keyin qotil haydovchini “Makarov” to‘pponchasidan uzoq masofadan otib tashlagan edi. Shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar jabrlanuvchini reanimatsiyaga jo‘natib, bir qator shoshilinch operatsiyalarni amalga oshirgan, biroq ikkinchi kuni erkak o‘ziga kelmay shifoxonada vafot etgan.
Qotillik joyidan “Makarov” to‘pponchasining patroni topildi. Versiyalardan biriga ko‘ra, u haydovchini advokatning o‘zi bilan adashtirib yuborgan.
LiveBarchasi