Sankt-Peterburgda ota olti farzandini o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda 

Olam

image

Bugun, 24 noyabr kuni Sankt-Peterburgda ota olti farzandini garovga olib, ularni o‘zi bilan birga kvartirada qulflab qo‘ydi

Hodisa shaharning Kolpinskiy tumanidagi Proletarskaya ko‘chasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. 

Manbaga ko‘ra, erkak bolta bilan qurollangan va u bolalarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda. Bolalarning eng kichigi uch yoshda, kattasi 15 yoshda. 

Qayd etilishicha, voqeaga oilaviy mojaro sabab bo‘lgan. Mast erkak xotini bilan janjallashib, uni uydan quvib chiqargan va farzandlarini olib qolgan. 

Tajovuzkor shaxs politsiyada ro‘yxatdan o‘tmagan, ammo asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan.

Ayni vaqtda ushbu hududga politsiya yetib borgan va erkak bilan muzokara olib boryapti. Uning spirtli ichimlik ta’sirida ekani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ROSSIYa SANKT-PETERBURG

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing