Sankt-Peterburgda to‘liq lokdaun joriy etilishi mumkin

Olam

image

Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblanuvchi Sankt-Peterburgda koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezlashgani munosabati bilan to‘liq lokdaun joriy qilinishi mumkin. Bu haqda gubernator Aleksandr Beglov ma’lum qilgan. 

"Epidemiya bilan kurashish o‘zaro mas’uliyatdir. Keling, imkoniyatdan foydalanib, qoidalarga amal qilaylik", degan Beglov.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalar va klinikalar maksimal darajada ishlaydi. 

Beglov aholini sanitariya qoidalariga rioya qilishga va Yangi yil tantanalarini “koronavirus yuqtirish marafoniga" aylantirmaslikka chaqirgan.

Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburgda koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 11 mingta ixtisoslashtirilgan koykalar ajratilgan. Yil oxiriga kelib ularning soni 13 mingtagacha ko‘payishi mumkin. 

Sankt-Peterburgda o‘tgan kun davomida 3 ming 741 kishi COVID-19 yuqtirgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, 20 dekabr kuni Rossiyada koronavirusning eng yuqori cho‘qqiga chiqishi kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, butun Rossiyada koronavirusga chalinganlar 2,49 mlndan oshgan. 43 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

SANKT-PETERBURG

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing