Sankt-Peterburgda migrantlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ligovskiy prospektida o‘nga yaqin migrantlar mushtlashuv uyushtirdi. Voqea joyidan “78” Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 11 mart kuni tunda bo‘lib o‘tgan.

Kadrlarda bir kishi ikkinchisini qorga yotqizib, urganini ko‘rish mumkin. Keyin yana bir necha kishi janjal ishtirokchilari oldiga yugurib kelib, yerda yotgan erkakni tepgan. Ularning orasida ayol kishi ham bor.

To‘qnashuv qurbonlari haqida ma’lumot yo‘q. Huquq-tartibot idoralaridan ham voqea yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Shuningdek, migrantlarni aynan qaysi davlat fuqarosi ekani ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg migrantlar mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing