San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
01 avgust 2023
7420O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilgan.
U shundan 4 800 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining prorektori M.J. 3 ming dollar pora bilan ushlangandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar