Samvel Babayan iste’foga chiqarildi
Sport
−
05 Oktabr 2020
9145Xitoyning "Chanchun Yatay" klubi o‘zbekistonlik murabbiy Samvel Babayanni iste’foga chiqarganligini e’lon qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi 2019 yil yakunida "Chanchun Yatay" bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi.
Babayan boshqaruvidagi klub uch guruhga 6 jamoadan bo‘linib o‘tkazilayotgan Xitoy 1-ligasi "S" guruhida 7 o‘yindan keyin 14 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan edi.
Ma’lumot uchun, murabbiylik faoliyatini Babayan Toshkentning "Paxtakor" klubida boshlagan. Keyinroq Latviyaning "Spartak" va Toshkentning boshqa bir klubi "Lokomotiv"da ishlagan. Mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasini ham boshqargan.
LiveBarchasi