Samsung Apple’ni ortda qoldirdi
Texnologiya
−
01 may 2021
12211Samsung Electronics dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi maqomini tiklab oldi.
Joriy yilning birinchi choragida Janubiy Koreya kompaniyasi 76,5 million dona smartfon yetkazib berdi va bozorning 22 foizini egalladi.
Apple 52,4 million dona smartfon sotdi va 15 foiz ulush bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 49 million dona smartfon sotdi va 14 foiz bozor ulushini egallab, uchinchi o‘rindan joy oldi. Xiaomi'ning choraklik yuki birdaniga 62 foizga o‘sdi va bu kompaniya tarixidagi eng yaxshi natija demakdir.
Eng yirik ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatidan keyingi o‘rinlarni Xitoyning Oppo va Vivo kompaniyalari egalladi.
Huawei esa Honor brendi sotilgandan so‘ng eng yirik ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatidan yettinchi o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi