Sami Yusuf Samarqanddagi turizm markazi ochilishida qo‘shiq kuylaydi

Madaniyat-san’at

image

Buyuk Britaniyalik taniqli xonanda, diniy qo‘shiqlari bilan dunyo musulmon olamida katta shuhrat qozongan Sami Yusuf bugun, 23 avgust kuni Samarqand shahrida "Boqiy shahar" xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova Telegram-kanalida xabar berdi. 

"Boqiy shahar" xalqaro turizm markazining ochilish marosimida asli eroniy-ozarbayjonlik bo‘lgan britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf ishtirok etadi”, deb yozadi Qurbonova. 

Uning qayd etishicha, ochilish marosimining badiiy qismi Alisher Navoiy so‘zi, Sami Yusuf musiqasi – "Ma’nolar tug‘ilishi" qo‘shig‘i bilan boshlanishi kutilmoqda. 

Shuningdek, etno-myuziklning yana bir necha sahnasida Sami Yusuf kuylaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu shaharchaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sami Yusuf

Baholaganlar

472

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing