Birinchi xonim Sami Yusufni mukofotladi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli xonanda Sami Yusuf Ozarbayjon Respublikasi tomonidan mukofotlandi. Kecha, 2 oktyabr kuni mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva qo‘shiqchi Sami Yusuf bilan uchrashib, unga Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomini topshirdi. 

Joriy yilning 7 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida UNESCO’ning 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur sammit munosabati bilan tashkil etilgan tantanali konsert dasturida xonanda Sami YUSuf ham chiqish qilganda. Uchrashuvda Mehribon Aliyeva xonandaning ushbu chiqishini xotirladi va qo‘shiqlari uchun Sami Yusufga minnatdorlik bildirdi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning topshrig‘iga binoan Baku shahrida o‘tgan UNESCO’ning 43-sessiyasida ishtirok etgan taniqli shaxslar Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomi bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida xonanda Sami Yusuf ham bor. 

Mehribon Aliyeva xonanda va bastakor Sami Yusufga mukofotni topshirar ekan, uning faoliyatida omad tiladi. Xonanda ham birinchi xonim orqali Ozarbayjon Prezidentiga minnatdorlik bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Sami Yusuf Mehribon Alieva

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing