SamDU muammolari avtobusda hal etilmoqda

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 10 iyul kuni ayrim OTMlarga hujjat topshirish jarayonida abituriyentlarning uzundan-uzun navbatlari yuzaga kelgani haqida ma’lum qilgan edik. Bunday holatning kelib chiqishiga DTMning hujjat qabul qilishdagi onlayn tizimida kelib chiqqan nosozliklar sabab bo‘lgani aytilayotgan edi. Bunday holatni Samarqand davlat universitetidagi qabul jarayonida ham kuzatgan edik.

Bu kabi yoqimsiz holatlarning oldini olish maqsadida, Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarni ro‘yxatga olish xizmatini endi mobil vosita orqali ham amalga oshirmoqda.

“Joriy yilda davlat xizmatlari markazlari orqali respublikamizdagi beshta oliy o‘quv yurti – Qoraqalpoq davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetiga abituriyentlar ro‘yxatga olinmoqda. Bu yil abituriyentlar har yilgidan ko‘pligi va qabul komissiyalarida navbatlar ko‘payib ketgani sababli 9 iyuldan boshlab markazlarda 24 soatlik rejimda bu xizmatni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Natijada keyingi ikki kun davomida tuman va shaharlardagi DXMlar orqali 4200dan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 10 iyul kuni kunning ikkinchi yarmidan boshqarmamizning davlat xizmatlari ko‘rsatishga moslashtirilgan avtobusi orqali abituriyentlarni ro‘yxatga olishda ko‘p navbat kuzatilayotgan joylarda ham ish boshladik”, deydi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi I.Narzullayev.

Bu avtobusda bir vaqtning o‘zida uch nafar abituriyentni ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud. Ta’lim muassasasini avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar to‘laydigan to‘lov ham shu yerning o‘zida qabul qilinmoqda. Ayni paytda avtobus orqali Universitet xiyobonida yoshlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Oldinroq, Surxondaryo viloyatida hozirgacha hujjat topshirganlar orasida eng yoshi keksa abituriyent ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM DTM Davlat xizmatlari agentligi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing