Sambo mundialida 5 nafar o‘zbek sportchisi sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 11-13 noyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Dunyoning ellikga yaqin mamlakatidan sambochilar ishtirok etgan turnirda O‘zbekiston vakillari ham munosib tarzda qatnashdi.

Bellashuvlarda sportchilar 21 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.

JCHda sorindor bo‘lgan o‘zbek sportchilari:

Kumush: -58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo);

Bronza: -79 kg: Sherzod Ismanov (jangovar sambo);

Bronza: -58 kg: Doston Ro‘ziyev;

Bronza: -64 kg: Sardor Olimjonov;

Bronza: -65 kg: Muxlisa Qodirberganova.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sambo

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing