Shaxmat. O‘zbekiston JCH finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Isroilning Quddus shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z poyoniga yetib bormoqda. Musobaqa chorak finalida Ukrainani mag‘lub etgan O‘zbekiston vakillari yarim final o‘yinida ishtirok etdi.

Final oldi bahsda o‘zbekistonlik shaxmat ustalari Hindiston terma jamoasidan ustun kelib, yakuniy bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, JCHda dunyoning 12 ta saralangan jamoasi ishtirok etdi. 26 noyabr kuni O‘zbekiston vakillari hal qiluvchi bahsda dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat O'zbekiston

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing