Boks. O‘zbekiston jamoasi 4 ta jangda 4 ta g‘alaba qayd etdi
Sport
−
17 noyabr 2022 3144 1 daqiqa
Ispaniyaning La Nusiya shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. 16 noyabr kungi dasturda 4 nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tarildi.
Ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida Muxlisa Xushvaqtova braziliyalik Vitoriya de Oliveyrani mag‘lubiyatga uchratdi. -81 kgda Oltinoy Sotimboyeva Hindiston vakilasi Pranjal Yadavdan ustun keldi.
Erkaklar o‘rtasida -86 kg vaznda Abdulaziz Abdurahmonov JCHdagi ilk jangini muvaffaqiyatli yakunladi. U mo‘g‘ulistonlik Otgonbold Nyamdordga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi. -54 kg vazn toifasida Xo‘janazar Nortojiyev mundialdagi ikkinchi jangida armanistonlik Azizyan Gordan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha faqatgina bir nafar O‘zbekiston vakili turnirdagi ishtirokini yakunladi. -63 kg vaznda Shavkatjon Boltayev hindistonlik Vanshajga imkoniyatni boy bergandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025