Samarqandning “qizil” tumanida 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Jamiyat

image
Respublika bo‘ylab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi. 6 viloyat “yashil” etib belgilandi north_east

Respublika bo‘ylab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi. 6 viloyat “yashil” etib belgilandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bemorlarning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi,  3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o‘quvchisi, 4 nafari pensionerlardir.

30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonadonlarida epidemologik surishturuv ishlari olib borildi. 736 nafar fuqaroning tana harorati o‘lchanib, shundan 5 nafarida tana harorati ko‘tarilgani aniqlandi.

Tumanda koronavirusdan o‘lim xolatlari kuzatilmagan. 5 ta xonadondan 1 nafardan bemor, 1 ta xonadondan 2 nafar, 1 ta xonadonda 4 nafar bemor COVID-19 koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda.

Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar jami 117 ta xonadondagi 121 nafar fuqorolar (oila a’zolari 489 nafar) uy sharoitida karantinga olinib 28 nafar IIB xodimlari biriktirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida Samarqand shahri, Oqdaryo tumani, Ishtixon tumani, Payariq tumani, Pastdarg‘om tumani, Samarqand tumani, Tayloq tumani, Urgut tumani "qizil" toifaga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing