Samarqandlik saylovchilar Ekopartiyani qo‘llab-quvvatlaydi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida ekologik muammolarga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan va bu yo‘lda faol harakat olib borayotgan O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan saylovoldi ommaviy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati, hududiy va tuman (shahar) partiya tashkilotlari vakillari, oliy o‘quv yurtlari talaba yoshlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar vakillari, ekofaollar, ko‘ngillilar hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.

“Tabiat uchun birlashaylik!”, “Sog‘lom kelajak uchun!”, “Xalqimiz yashillikni tanlaydi!” kabi shiorlar bilan keng jamoatchilik O‘zbekiston Ekologik partiyasini qo‘llab-quvvatlashini, partiyaning dasturiy maqsadlari hayotiy zarurat va bugungi kun uchun naqadar muhimligini qizg‘in namoyon etdi.

Ommaviy tadbirda avvalida "yashillar" partiyasi raisi barchani joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Samarqand shahri yer yuzining sayqali hisoblanishi, uning xalqaro maydonda ham tamaddun beshigi sifatida qayd etilishi, viloyatning o‘ziga xos tabiati, tuproq-iqlim sharoitiga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Partiyaning Saylovoldi dasturida viloyat, bu yerda yashayotgan aholining ekologik huquqlarini ta’minlash, toza va musaffo hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, shaharlarda bino va ko‘p kvartirali uylar qurilishini majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish mexanizmini qonunda aniq belgilash, shuningdek, daraxtzorlar mavjud bo‘lgan yer maydonlarini qurilish maqsadlarida realizatsiya qilinishini qonun bilan taqiqlash, qurilish maqsadlarida daraxtlarni noqonuniy kesgan tadbirkorlarning yerga bo‘lgan huquqini bekor qilish tartibini joriy qilish taklif etilmoqda.

Ommaviy tadbirda so‘zga chiqqan el ardog‘idagi insonlar, taniqli shaxslar tabiatning bugungi ovozi ushbu dasturiy vazifalarni amalga oshirishga da’vat etayotganini alohida qayd etdi hamda bo‘lajak saylovda yashil va musaffo, sog‘lom hayotni istaganlarning barchasini O‘zbekiston Ekologik partiyasini va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston saylov Ekopartiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing