Samarqandga uchib kelgan samolyotda portlovchi modda bor, deb aldagan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
17 iyul
9181“Samolyotda portlovchi modda bor” deb aytgan aviareys yo‘lovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 15 iyul kuni soat 03:15 da Ichki ishlar organlariga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga “samolyotda portlovchi modda bor” deb aytgani haqida xabar kelib tushgan.
Samarqand viloyati IIB Portlovchi moddalarni zararsizlantirish guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida, mazkur bortda hech qanday portlovchi, yonuvchi yoki shubhali buyumlar mavjudligi aniqlanmagan.
“Tartibbuzar harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr