Samarqanddagi YTHda “roddom”dan olib chiqilayotgan uch kunlik chaqaloq vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi, jumladan uch kunlik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda STV xabar berdi.

YTH 4K-502 avtomobil yo‘lining Jomboy tumanidan o‘tuvchi 10-kilometrida yuz bergan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi N.N. qarshi chiziqqa chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida ikki kishi – Spark avtomobili haydovchisi va shifoxonadan olib chiqilgan uch kunlik chaqaloq vafot etgan. Chaqaloq Nexia mashinasida bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

518

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing