Samarqanddagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
6990Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 10 yanvar kuni soat 13:30 larda ZHONGTONG BUS rusumli avtomashina haydovchisi transportini Paxtachi tumani hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 124 kilometridan Samarqand tomonga boshqarib kelayotgan vaqtida VAZ-21013 rusumli avtomashina haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan ZHONGTONG BUS mashinasini yo‘liga chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Oqibatda VAZ-21013 rusumli mashina haydovchisi hamda mazkur avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan bir nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Mashinadagi uch nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.