Samarqanddagi YTHda haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image
Samarqandda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi (video) north_east

Samarqandda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi (video)

Kecha, 22 noyabr kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 17:30 da Toyloq tumani Bog‘izog‘on mahallasi hududida o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining “Samarqand-S.Ayni” yo‘nalishidagi 15 km.da yuz bergan. Urgut tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Sh. Spark rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro R.X. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan. 

YTH oqibatida ikkala haydovchi tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasida yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay Spark haydovchisi shifoxonada vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing