Samarqandda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi (video)
3-sahifa
−
22 noyabr 2022
10441Kecha, 21 noyabr kuni Samarqand viloyatida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 nafar haydovchi vafot etdi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani “Mullako‘rpa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda Lada Granta avtomobili haydovchisi oldinda bo‘lgan Cobalt mashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. Bunga Lada Granta haydovchisining yuqori tezlikda harakatlanishi sabab bo‘lgan.
Buning oqibatida atrofda bo‘lgan 1992 yilda tug‘ilgan L.D. boshqaruvidagi Damas, 1996 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1978 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Tico avtomobillari YTH qatnashchisiga aylangan.
Oqibatda Damas avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan. Haydovchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi