Samarqanddagi tovuq fermada gaz portlashi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tovuq fermada gaz portlab ketgani haqida xabar bergan edik. Ushbu portlash oqibatida 2 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea Kattaqo‘rg‘on tumanining “Melixo‘ja” mahallasida joylashgan parranda fabrikasida sodir bo‘lgan.  

Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat FVB portlash oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabarlar kelib tushmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand portlash tovuq ferma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing