Samarqanddagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Lazzat” oshxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

19 dekabr kuni tumanning "Navro‘z" mahallasi Amir Temur ko‘chasidagi "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan edi. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida oshxonaning taxminan 40 kvadrat metr maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing