Samarqanddagi musiqa maktabida yong‘in yuz berdi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi musiqa maktabida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, 28 aprel kuni soat 20:35 da Kattaqo‘rg‘on shahri “Navbahor” MFY Beklar ko‘chasida joylashgan musiqa maktabida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. U voqea joyiga soat 20:38 da yetib borgan va soat 21:15 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida musiqa maktabi kirish ayvonining 30 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing