Samarqanddagi mudhish YTHda 5 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqandda kecha, 13 oktyabr kuni yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH 13 oktyabr kuni soat 19:00 da M-37A aylanma avtomobil yo‘lining 37-kilometrida yuz bergan. 30 yoshli J.Murodov boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasida Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa urilgan.

Oqibatda haydovchi J.Murodov, yo‘lovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.G‘oyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

619

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing