Maktabda direktor karta o‘ynagani, “zavuch” esa o‘quvchi qizni kaltaklagani aytilmoqda
3-sahifa
−
10 Sentabr
9466Ijtimoiy tarmoqlarda karta o‘ynab o‘tirgan maktab direktori va o‘quvchi qizni kaltaklayotgan direktor o‘rinbosari tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holatga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
Videolarning birida maktab direktori o‘rinbosari (ayol kishi) o‘quvchi qizni kaltaklayotgani tasvirlangan. Boshqa bir videoda esa maktab direktori bir nechta sheriklari bilan qarta o‘ynab o‘tirgani aks etgan.
“Ayni paytda holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish uchun mas’ullarga yo‘naltirilgan. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabat yakunida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda bir nechta o‘quvchilar dars paytida qarta o‘ynab o‘tirgani uchun maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgandi. O‘z navbatida, o‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.
LiveBarchasi