Samarqanddagi qurilishda kran quladi

Jamiyat

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Hodisa bugun soat 14:30 larda shaharning Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan.

Oqibatda kran boshqaruvchisi 30 yoshli N.T. jarohat olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand qurilish

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing