Samarqanddagi qabristondan o‘rta asrlarga oid 2 ta daxma topildi

Bu qiziq

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida joylashgan qabristondan topilgan qadimiy 2 ta daxma hamda 1 ta qabrtosh o‘rganildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan “Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy noyob topilmalar Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqarolar murojaatiga asosan, ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda, ular o‘rta asrlarga oidligi ma’lum bo‘lgan.

“Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.

Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024 yil 11 sentyabrdagi xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy ro‘yxatga kiritish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida qadimiy So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topilgandi. Ibodatxona ilk o‘rta asrlarga tegishli bo‘lib, uning tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda va devorlari diniy mavzudagi suratlar bilan bezatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand viloyati daxma qabrtosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing