Toshkentda qabrtoshlarni buzganlar 88 mln so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi Botkin qabristonida qurilish ishlari vaqtida devor qulab tushishi oqibatida bir nechta qabr toshlariga shikast yetgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bo‘yicha quruvchi tashkilotga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy mahallasi hududida joylashgan tadbirkorlik ob’ektida qo‘shimcha bino qurish uchun yer ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

O‘rganishlar davomida mazkur qurilish ishlari belgilangan shaharsozlik normalari talablariga zid ravishda, tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy boshlangani aniqlangan. Shuningdek, yer ishlari jarayonida quruvchining ehtiyotsizligi oqibatida qabriston devoriga shikast yetkazilgani va ayrim qabrlarga zarar yetgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qurilish ishlari to‘xtatildi hamda quruvchi tashkilotga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing