Samarqanddagi daryoda 42 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Qoradaryo daryosiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyun kuni Pastdarg‘om tumani “Olti qahramon” mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan J.O. Oqdaryo tumanidagi "Istiqlol" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosiga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani haqida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Bildirilishicha, hozirda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan daryo hududida uzluksiz qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Kogon tumanida 17 yoshli yigit cho‘milish vaqtida Shohrud kanalida cho‘kib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing