Samarqanddagi bog‘chaga “reyd” uyushtirgan onalarga oshpaz ayol tashlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi bog‘chalardan birida onalar maktabgacha ta’lim tashkilotining ovqatidan norozi bo‘lib, tasvirga olayotgani va oshpaz ayol ularga tashlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat shu yilning 30 may kuni Jomboy tumani “Beshbola” mahallasida sodir bo‘lgan. O‘rganish jarayonida haqiqatdan ham tushlik uchun ajratilgan taomnomada ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq qozonga solinmagani aniqlangan. 

Shu sababli tashkilot oshpazi tarbiyalanuvchining onasiga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

“Bundan tashqari, tashkilot direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan hujjatlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, tashkilotning tegishli mas’ullariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha hujjatlar huquqiy markazga xulosa olish uchun taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi bog‘chada bolalarning oyog‘iga igna tiqilgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing