Samarqanddagi bog‘chada ommaviy zaharlanish. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘adi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
5043Ommaviy zaharlanish bilan bog‘liq navbatdagi holat Samarqand viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Samarqand shahar DSENMning bugun, 11 oktyabr kungi soat 14:00 dagi xabariga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shu kuni soat 10:00da shahardagi 80, 98 hamda 106-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarning 12 nafar tarbiyalanuvchilari “Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi” tashxisi bilan yotqizilgan.
Aniqlanishicha, tarbiyalanuvchilar qayd etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida osh, bor, makaron, salat kabi aralash ovqatlarni iste’mol qilganliklari natijasida sog‘liqlari yomonlashib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
Shahardagi 80, 98 va 106-maktabgacha ta’lim muassasalariga “E.M.” korxonasi tomonidan autsorsing xizmat ko‘satilib kelingan.
Mazkur zaharlanish holati yuzasidan viloyat DSENM tomonidan 80, 98 va 106-MTM faoliyatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib davolash muolajalari davom ettirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan bugunning o‘zida JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi shahar IIO FMB xuzuridagi Tergov bo‘limiga yuborildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi