Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari tishlanib, ko‘kartirib tashlandi (video)
3-sahifa
−
22 may
9972QALAMPIR.UZ tahririyatiga Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizaloqning qo‘llari tishlangan va ko‘kargani aks etgan video kelib tushdi.
Bolaning onasi QALAMPIR.UZ jurnalisti bilan suhbatda holat Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yulduzcha” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganini aytdi. Ayol bolasining bu holatidan shikoyat qilib, IIBga murojaat qilgan.
Ammo bog‘cha rahbariyati buni tan olmagan. Muassasa mas’ullari qizaloq bu bog‘chada tarbiyalanmasligini, u ro‘yxatda yo‘qligini bildirgan. Biroq ona qizi 2 oydan beri shu bog‘chaga borishini, tarbiyachilarning hammasini tanishini aytmoqda.
Qizig‘i shundaki, dastlab tarbiyachi onaga farzandini 2 yoshli boshqa bir bola tishlaganini aytgan. Lekin IIB ishga aralashganidan so‘ng, qizcha bu bog‘chada ro‘yxatda turmasligi ta’kidlangan.
Hozirda qizchaning onasi voqea yuzasidan prokuraturaga ham murojaat qilgan.
QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani bilan bog‘landi. Surayyo Rahmonova holat juda chalkash ekani, vaziyat hozirda o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi