Samarqanddagi bir nechta do‘konda yirik yong‘in kelib chiqdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Urgut dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqqani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 23 may kuni soat 23:05 lar atrofida Urgut dehqon bozoriga yaqin hududdagi savdo do‘konlarida yong‘in yuzaga kelgan. 

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FVB va IIB xodimlari yetib kelib, yong‘in soat 00:30 larda to‘liq bartaraf etilgan.

Voqea sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing