Samarqanddagi avtohalokatda ota va uning 13 yoshli qizi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatidagi avtohalokatda ota va uning 13 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi Lacetti mashinasi bilan Ishtixon tumanidagi Odil mahallasi hududida tezlikni me’yordan oshirgan va qarama-qarshi yo‘nalishda o‘z yo‘lidan kelayotgan mototsikl bilan to‘qnashgan.

Oqibatda mototsikl haydovchisi va uning 2011 yilda tug‘ilgan farzandi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Ishtixon tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda “Volga”ga borib urilgan Nexia-2 yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand avtohalokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing