Samarqanddagi 13 yoshli qiz kimdan homilador ekani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqandda 13 yoshli o‘quvchi qiz 6 oylik homilador ekani haqida xabar bergan edik. Voyaga yetmagan qizning homilador bo‘lishi yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida 13 yashar qiz kimdan homilador bo‘lgani aniqlandi.

STV telekanalining ma’lum qilishicha, voqea tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh bilan suhbat davomida o‘quvchi qiz 5 yildan beri onasi bilan yashab kelayotgan erkak uni aldab nomusiga tekkanini aytgan.

Voyaga yetmagan qiz shuningdek, erkak uni 11 yoshidan beri muntazam zo‘rlab kelayotganini ham aytgan.

Qizning homiladorligidan birinchi bo‘lib joriy yilning 12 noyabr kuni ularning uyiga borgan xolasi xabar topgan va tegishli idoralarga murojaat qilgan. Ertasi kuni ultratovush tekshiruvi natijalari voyaga etmagan o‘quvchining homiladorligini tasdiqlagan. Hozir homila 26 haftalik bo‘lgan.

Maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘quvchining homiladorligini payqamagan. Hatto qizning sinfdoshlari ham kiyim ostidagi yumaloq qorinni sezishmagan.

“Qizning o‘zi nosog‘lom oiladan. Onasi ichadi, sinf rahbari u bilan bir necha bor gaplashgan. U deyarli doim mast bo‘lgan”, degan maktab direktori.

Hozirda holat bo‘yicha Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

6617

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing