Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxi oshdi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
5460Joriy yilning 21 sentyabrda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transporti (avtobus) xizmatlarining cheklangan tarifi 1400 so‘m miqdorida belgilandi. Shu vaqtgacha yo‘l kira 1200 so‘m edi.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yo‘lkira narxi 1400 so‘m etib belgilandi. Foiz hisobida yo‘lkira haqi 16,7 foizga oshdi.
LiveBarchasi