Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib tushdi. 23 kishi jarohatlangan

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 may kuni Samarqand shahrida yo‘lovchi avtobusi va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Hodisa naijasida, jabrlanganlar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bu haqda STV nashri xabar tarqatdi.

Ma’lu bo‘lishicha, soat 8:30 lar atrofida shahar bo‘ylab harakatlanuvchi 404-yo‘nalishdagi yo‘lovchi avtobusi va Spark atomobili o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasiga Spark avtomobili haydovchisi D.X.ning qoida buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

To‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. Aniqlanishicha, YTH oqibatida jami 23 kishi tez tibbiy yordam filialiga keltirilgan. Ularning olti nafari hamon travmatologiya, neyroxirurgiya va bolalar xirurgiyasi bo‘limlarida qolmoqda. Qolgan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordamdan so‘ng uylariga ruxsat berilgan. Har ikkala haydovchi turli darajadagi  tan jarohatlari bilan Samarqand tez tibbiy yordam filialiga olib borilgan.

Hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing