Samarqandda yo‘l nosozligi sababli 4 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
18 may
10083Joriy yilning 16 aprel kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va uch nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 04:30 larda tumanning “Adas” MFY hududidan o‘tuvchi D-069 avtomobil yo‘lining 4-5-kilometrida harakatlanayotgan Cobalt mashinasi yo‘l yuzasidagi sun’iy chuqurga tushishi oqibatida g‘ildiraklari yorilib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashina ichida bo‘lgan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
O‘rganishlar natijasida mazkur yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi Toyloq tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qatnov qismidagi asfalt qoplamasi maxsus uskuna yordamida kesib olingani, yo‘l usti buzilib, ta’mirlashdan oldin tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilmagani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 269-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tmiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Nexia-3 haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, mashinalarni quvib o‘tishi tufayli Tico bilan to‘qnashgandi. Oqibatda esa Tico haydovchisi vafot etgandi.
LiveBarchasi