Samarqandda yuk mashinasi urib yuborgan 24 yoshli yigit halok bo‘ldi (18+)
Jamiyat
−
23 may 2021
12319Samarqand viloyati Narpay tumanida 24 yoshli yigitni yuk avtomobili urib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa joriy yilning 18 may kuni tuman hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 106-kilometrida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlanib kelayotgan yuk avtomobili yigitni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan payt urib yuboradi.
Oqibatda 24 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan.