Samarqandda yerni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 aprel 2022
5920Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida qo‘lga olindi.
U davlat tasarrufidagi yerlarni qonunga zid ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan.
O‘tkazilgan tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan X.U. mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6 000 dollarga sotishga kelishib, so‘ralgan pulning 3000 dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.