Samarqandda yana bir davlatning SHHTga a’zolik arizasi ko‘riladi

Olam

image

Belarus Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, uning murojaati a’zo mamlakatlarga allaqachon yuborilgan, mamlakatni SHHT a’zoligiga qabul qilish jarayoni Samarqanddagi sammitda boshlanishi mumkin. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moskvaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Hozirda Belarus (qo‘shilish to‘g‘risida – tahr.) ariza topshirgan. Bugun Belarusning ushbu murojaati a’zo davlatlarga yuborildi. Va agar umumiy qaror qabul qilinsa va shunday bo‘ladi, deb o‘ylayman, Samarqand sammitida Belarusni SHHTga kiritish tartib-qoidalarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, degan Norov Moskvadagi davra suhbatida.

SHHTning navbatdagi sammiti joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yilda tashkil etilgan. Ungacha tuzilma 1996 yildan “Shanxay beshligi” deb atalgan. Tashkilotga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston va Pokiston to‘laqonli a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

Eslatib o‘tamiz, SHHTning Samarqanddagi sammitida Eron tashkilotga kuzatuvchi qo‘shilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing