Qirg‘iziston yirik tadbirlar arafasida. Unda O‘zbekiston ham ishtirok etadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26-27 oktyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashlari hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Hukumatlararo kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bishkekdagi brifingda Respublika Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori o‘rinbosari Jildiz Kojobekova ma’lum qildi.

“26 oktyabr kuni Bishkekda SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 22-majlisi va MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni Bishkekda YeOII hukumatlararo kengashining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, dedi u.

Ushbu uchrashuvlar davomida ishtirokchilar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilishadi. Xususan, MDH davlatlari hukumatlari rahbarlarining yig‘ilishida Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash, uran qazib olinadigan hududlarning meliorativ holatini yaxshilash, energetika sohasida hamkorlik qilish, Hamdo‘stlik homiyligida o‘tkaziladigan sport musobaqalari va hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

26-27 oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrain Oyuun-Erdenening Qirg‘izistonga tashrifi ham rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanadi.

IIV Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurlan Ismoilovning brifingda ma’lum qilishicha, hukumat rahbarlarining poytaxtda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida bir qator cheklovlar joriy etiladi.

“Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan tadbirda shaharda jamoat xavfsizligi 4 mingga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ta’minlanadi, avtotransport vositalarining harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi”, deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Maqola muallifi

Teglar

MDH Qirg'iziston ShHT Bishkek EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing