Samarqandda uka “ayol talashib” akasini bolta bilan chopib tashladi

3-sahifa

image

Samarqandda mastlikda ayol sabab akasini bolta bilan urib o‘ldirgan ukaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanali lavhasida xabar berildi.

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida mast fuqaro o‘z akasi va tanish ayolga bolta bilan tashlanib, turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan. Jabrlangan aka esa shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani uchun tumandagi narkologiya dispanserda davolangan. U yerda bir ayol bilan tanishgan. Fuqaro shifoxonadan chiqqach, ular uchrashib yurgan va keyinchalik u ayolni Samarqand shahridagi akasining uyiga olib borib, birga yashashni boshlagan.

Hodisa sodir bo‘lgan kuni aka-uka va ayol yarim tungacha birgalikda spirtli ichimlik ichgan. Uka sarxush holda tashqariga chiqib ketib 15-20 daqiqadan so‘ng qaytib kelgan. Shunda u akasi hamda ayolni ishqiy munosabat ustida ko‘rib qolgan. Jahl ustida avval ayolga, so‘ng akasiga tashlangan. Janjal davomida xonadagi bolta bilan ularni bir necha marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanganlar shifoxonaga olib borilishiga qaramay, aka oradan ikki kun o‘tgach, vafot etgan.

Sud hukmi bilan uka Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a, d” bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

1097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing