Samarqandda to‘yga kelganlar ommaviy zaharlandi
3-sahifa
−
05 avgust 2023
13256Samarqand viloyati Urgut tumanidagi to‘yxonalarning birida 41 kishi uy sharoitida tayyorlangan salatdan zaharlandi. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4 avgust kuni soat 05:30 da Urgut tumani “Jarqishloq” mahallasida joylashgan to‘yxonada o‘tkazilgan to‘y tadbirida ishtirok etgan 7 nafar fuqaro ko‘ngil aynish, qayd qilish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish va tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Ular tungi soat 02:00 dan boshlab ertalab 10:45 ga qadar 7 nafar bemor “o‘tkir ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan tuman yuqumli kasalliklar bo‘limiga, bir nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Barcha bemorlar o‘z kasalliklarini 2023 yil 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida iste’mol qilingan mayonezli salatlar bilan bog‘lashgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Urgut tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida to‘y egasi tomonidan to‘ydan bir kun avval, ya’ni, 2 avgust kuni tayyorlangan salatlar dasturxonga tortilganligi aniqlangan. Salatlar dasturxonga qo‘yilgunga qadar saqlash qoidalariga rioya etilmasdan uy sharoitida sovutgichsiz saqlangan.
“Tekshiruv jarayonida kasallik belgilari aniqlangan 41 nafar fuqarolar tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘irlikda bo‘lib, og‘ir bemorlar yo‘q. Ushbu holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan”, deyiladi xabarda
LiveBarchasi