Samarqandda temir yo‘l o‘tgan dambani suv yuvib ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumani hududida “Samarqand – Urgut” temir yo‘l liniyasi o‘tgan dambani suv yuvib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toyloq tumanining “Do‘stlik” MFY hududida sodir bo‘lgan. Hozircha “O‘zbekiston temir yo‘llari” holat yuzasidan izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu temir yo‘l liniyasi 2025 yilning yakunida foydalanishga topshirilgan edi. Liniyaning umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida ikkita vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikkita yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘priklar barpo etilgan.

Poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoni yaratilishi aytilgan edi. Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyiha taqdimotida Zarafshon daryosi qirg‘og‘idan o‘tgan temir yo‘l izlarini suv oqimidan himoyalovchi damba qurilgani haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing