Samarqandda tarixiy masjidlar buzib tashlandi
3-sahifa
−
11 mart 9389 1 daqiqa
Samarqand viloyatida XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Bildirilishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanganligi oqibatida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
“Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr