Samarqandda tanishining boshiga bolta bilan urgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida erkak tanishining boshiga bolta bilan urdi. Bu haqda  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFYda yashovchi S.Sh. og‘ir tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, S.Sh. tanishi Q.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolgan. Oqibatda Q.R. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan xo‘jalik boltasi bilan S.Sh.ning bosh sohasining orqa qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

“Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ayolni bolta bilan o‘ldirgan erkak 23 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand bolta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing