Samarqandda Suriyaga ketishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
05 noyabr 2021
7505Joriy yilning 3 noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “jihod”ga chorlovchi materiallarni tarqatib kelgan guruh qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir doirasida Samarqand shahrida yashovchi D.Ya. va“F.M. 8 nafar mahalliy fuqarolar bilan birgalikda, ijtimoiy tarmoqlarda virtual jamoat tuzib, “jihod”ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelganliklari va kelgusida mazkur guruxning 2 nafar a’zolari Suriya davlatiga “jihod” qilish maqsadida, chiqib ketishni rejalashtirganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tadbir davomida, “virtual jamoat” a’zolarning noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.
Hozirda, mazkur shaxslarga nisbatan tergov xarakatlari olib borilmoqda.